Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iboratligini biz oldingi bobda aytib o‘tgan edik. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software)lardir.
Apparat ta’minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir.