Turar-joy tumanini loyihalashdan oldin ushbu tuman joylashgan shaharda uning tutgan o‘rnini va ahamiyatini aniqlab olish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu shahar va umuman shaharlar to‘g‘risida tushunchaga ega bolishni, ularning xususiyatlarini o‘rganib chiqishni talab etadi.