Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni tabiatning umumiy tavsifga ega bo‘lgan fundamental qonunidir. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: energiya yo‘q bo‘lmaydi va qaytadan paydo bo‘lmaydi, u faqat turli fizikaviy hamda kimyoviy jarayonlarda bir turdan boshqa turga o‘tadi. Boshqacha qilib aytganda, izolyatsiyalangan har qanday tizimda shu tizim ichida energiya o‘zgarmasdan saqlanib turadi.