Jismni suyuq holatidan gaz holatiga o‘tish jarayoni bug‘ hosil bo‘lish deb aytiladi. Suyuqlikning faqat erkin sirtidan va har qanday temperaturada bug‘ hosil bo‘lish jarayoniga bug‘lanish deyiladi. Bug‘lanishning mohiyati shundan iboratki, suyuqlik sirtidagi tezligi yuqori, ya’ni kinetik energiyasi katta bo‘lgan molekulalar qo‘shni molekulalarning tortishish kuchlarini yengib suyuqlikdan atrof muhitga uchib chiqadilar. di.