Oldingi boblarda biz iqtisodiy jarayonlar va ulardan sodir bo’ladigan munosabatlarni umumiqtisodiy va korxonalar darajasida ko’rib chiqqan edik. Mazkur bobdan boshlab iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga tavsif bеriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan yalpi ichki mahsulot, uning tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni va harakat shakllari yoritiladi.