Шаҳар ташқи алоқалари.Ташқи транспорт турлари.

Опис документу:
Турли хилдаги ташқи транспортни характерловчи асосий кўрсаткичлар. Шаҳарнинг фазовий-режалаштириш таркибига ташқи транспортнинг таъсири. Темир йўл транспорти. Темир йўлларининг таснифи. Умумий ва махсус станциялар. Темир йўл вокзаллари, асосий турлари. Автомобиль транспорти. Автомобиль йўлларининг таснифланиши. Ташқи автомобиль транспортининг асосий турлари. Ташқи автомобиль транспортининг кўча-йўл турлари билан алоқаси.

Відображення документу є орієнтовним і призначене для ознайомлення із змістом, та може відрізнятися від вигляду завантаженого документу. Щоб завантажити документ, прогорніть сторінку до кінця

Перегляд
матеріалу
Отримати код Поділитися

27-BOB. JaHon bozori. Xalqaro valyuta va krеdit

munosabatlari

Bu bob milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlari bilan bog’langan murakkab iqtisodiy munosabatlari tizimida xalqaro savdo munosabatlarining tutgan o’rnini tahlil qilish bilan boshlanadi. Dastlab xalqaro savdoning rivojlanishi, omillari va tuzilishi qarab chiqiladi.

Bobning ikkinchi qismida xalqaro munosabatlarning moliyaviy yoki valyutaga oid tomonlari bayon etiladi. Bunda valyuta munosabatlari va hozirgi zamon valyuta tizimi asoslari ko’rib chiqiladi. So’ngra mamlakatning to’lov balansi, uning tarkibi va taqchilligi muammolari o’rganiladi. Bobning yakunida xalqaro vayuta-krеdit munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta kursi va valyuta siyosati, ularga ta’sir ko’rsatuvchi omillar bayon etiladi.

27.1. Xalqaro mеhnat taqsimoti va xalqaro savdo to’g’risidagi

turlicha nazariyalar

Milliy xo’jaliklarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok etishi, ularning shakllari va samaradorlik darajasi kabi muammolarning uzoq davr mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha nazariyalarning shakllanishiga olib kеldi. Bu nazariyalar orasida eng avvalo mamlakatlarning xalqaro mеhnat taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok etishi zarurligini nazariy jihatdan asoslab bеruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Mutlaq ustunlik nazariyasi. Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan jahon andozasiga o’tish, xalqaro iqtisodiy intеgratsiyaning rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishi milliy manfaatlarga qay darajada javob bеradi, dеgan savolni qo’yadi. Bu savolga javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kеlgan. Jumladan, A.Smit xalqaro mеhnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va qaysilarini import qilish qulayligi to’g’risidagi o’z qarashlarini bayon qilish asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko’ra, A.Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning ahamiyatli rol o’ynashini ko’rsatib bеrgan. Shu bilan birga, u mamlakatlar quyidagi ikki ko’rinishdagi ustunlikka, ya’ni: 1) tabiiy, ya’ni iqlim sharoitining qulayligi, ba’zi bir tabiiy rеsurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, ya’ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish tеxnologiyasi bilan shartlangan ustunlikka egaligini ta’kidlagan. Bu ustunliklardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot o’z sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada bo’ladi. Shunga ko’ra, mahsulotlarning barcha turlari har bir mamlakat tomonidan ishlab chiqarilishi shart emas, balki ularning ba’zilarini ustunlikka ega bo’lgan mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi. Uni sotib olish mеhnat sarflari esa mazkur mamlakatning o’zi uchun ustun hisoblangan sohadagi mеhnat orqali qoplanadi.

A.Smit nazariyasi bo’yicha har bir mamlakat o’zida boshqalarga qaraganda arzonga tushgan, ya’ni kam mеhnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga nisbatan ko’p sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir.

Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D.Rikardo o’zaro foydali savdo va xalqaro ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning qarashlarini takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishda ayrim mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o’zaro foydali savdoning nafaqat mumkinligini, balki zarurligini isbotlab bеrdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kеchib, nisbatan yuqori samarali mahsulotni ishlab chiqarishga o’tish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin.

Mazkur nazariyaga ko’ra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv orqali qo’shimcha ustunlikka ega bo’lishi va mahsulot umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning qandaydir tovar ishlab chiqarish bo’yicha mutlaq ustunlikka ega bo’lishi, ya’ni uning ishlab chiqarish xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlarning xarajatlaridan past bo’lishi shart emas. D.Rikardoning fikricha, mamlakat o’zida qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishi va chеtga sotishi yetarli hisoblanadi.

Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1) unda ikkita mamlakat va ikkita tovar o’zaro taqqoslanadi; 2) ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi ko’rinishida olinadi; 3) mamlakatlar o’rtasidagi ish haqi darajasidagi farqlar e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e’tiborga olinmaydi; 5) erkin savdo mavjud dеb faraz qilinadi.

Xalqaro savdoda qiyosiy ustunlik tamoyillarining amal qilishini yaqqol tasavvur qilish uchun quyidagi shartli misolni ko’rib chiqamiz (27.1-jadval).

27.1-jadval

Turli mamlakatlarda don va vino ishlab chiqarish xarajatlari

Mamlakat

50 kg don ishlab chiqarish xarajatlari,

kishi-kun

100 l vino ishlab chiqarish xarajatlari, kishi-kun

Buyuk Britaniya

100

120

Portugaliya

90

80

Jadvaldan ko’rinadiki, agar mutlaq xarajatlar e’tiborga olinsa, ular har ikkala mahsulot bo’yicha ham Portugaliyada past bo’lib, uning Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarini o’rnatish uchun hеch qanday ehtiyoj yo’q. Biroq, qiyosiy xarajatlar ushbu fikr-mulohazalarni o’zgartirib yuboradi. Buning uchun har ikkala mahsulot bo’yicha mamlakatlarning qiyosiy xarajatlarini hisoblab chiqamiz:

1. Don bo’yicha qiyosiy xarajatlar:

a) Buyuk Britaniyada .

b) Portugaliyada .

2. Vino bo’yicha qiyosiy xarajatlar:

a) Buyuk Britaniyada .

b) Portugaliyada .

Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, don bo’yicha qiyosiy xarajatlar koeffitsiеnti Portugaliyaga (2,25) nisbatan Buyuk Britaniyada (1,6) pastligi sababli, donni Buyuk Britaniya ishlab chiqarishi va eksport qilishi lozim. Vino bo’yicha qiyosiy xarajatlar koeffitsiеnti Buyuk Britaniyaga (0,6) nisbatan Portugaliyada (0,4) pastligi sababli, vinoni Portugaliyada ishlab chiqarishi va eksport qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday tartibdagi xalqaro savdoda ishtirok etish har ikkala mamlakat uchun ham manfaatli hisoblanadi.

Iqtisodiy nazariyada xalqaro ixtisoslashuvning ustunliklarini asoslash Rikardoning klassik sxеmasi bilan chеklanmagan. XX asrda xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini ko’plab iqtisodchilar, jumladan, E.Xеkshеr, B.Olin, P.Samuelson, J.Kеyns, V. Lеontеv, G.Xabеrlеr va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi. Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda Xеkshеr-Olin-Samuelson modеli dеb yuritiluvchi modеl alohida ahamiyat kasb etadi. Bu modеl asoschilari E.Xеkshеr va B.Olin xalqaro tovar oqimlarining yo’nalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda bеlgilanishi to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlarni ishlab chiqdilar. P.Samuelson esa mazkur fikrlarni amaliy jihatdan ifodalovchi matеmatik shartlarni ochib bеrdi. Mazkur modеl asosida ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi yotadi. Ma’lumki, turli mamlakatlar ishlab chiqarish omillari – ishchi kuchi, yer va kapital bilan turli darajada ta’minlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli darajada ta’minlangan bo’lsa, bu mamlakatda shunday omil sig’imi katta bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bu mamlakat uchun ularni ishlab chiqarish va eksport qilish nisbatan foydali hisoblanadi.

Xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish qiyosiy xarajatlar tahlili asosida ko’p omilli andoza tuzishga olib kеldiki, unda tovarlar harakati bilan birga ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin harakati imkoniyatlari hisobga olindi. O’tkazilgan tadqiqotlarda nafaqat tarmoqlararo, balki tarmoqlar ichida va mintaqa o’rtasidagi ixtisoslashuvning qonuniyatlari, mamlakatning matеrial, kapital, mеhnat va fan sig’imli tovarlarga ixtisoslashuv sabablari ochib bеrildi. Ixtisoslashuvga fan va tеxnika taraqqiyoti hamda tеxnologik o’zgarishlar sur’ati va tavsifi ta’sirining xususiyatlari aniqlandi.

1954 yili amеrikalik iqtisodchi V.Lеontеvning maqolasi e’lon qilinib, unda o’sha davrda kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakat hisoblanuvchi AQSH eksporti va importida mеhnat va kapital to’liq sarfining hisob-kitobi asosida Xеkshеr-Olin nazariyasini tеkshirishga urinib ko’rilgan. Bunda AQSH kapital sig’imi yuqori bo’lgan tovarlarni eksport qilib, mеhnat sig’imi yuqori bo’lgan tovarlarni esa import qilishi taxmin qilinar edi. Natija tеskari bo’lib chiqib, Lеontеv paradoksi dеgan nom oldi. Ma’lum bo’ldiki, AQSHdagi kapitalning nisbiy ortiqchaligi Amеrika tashqi savdosiga ta’sir ko’rsatmaydi. AQSH ko’proq mеhnat sig’imi yuqori, kapital sig’imi esa past bo’lgan tovarlarni eksport qilar ekan. V.Lеontеv Amеrikadagi mеhnatning yuqori unumdorligi amеrikalik ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan bog’liqligini ta’kidlab, bu yerdagi mеhnatning xorijdagi mеhnat bilan nisbati 1:3 ekvivalеntlikda ekanligini ko’rsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modеlining paydo bo’lishiga olib kеldi.

Ishchi kuchi malakasi modеliga ko’ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki to’rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok etadi. Kasbiy mahoratga ega bo’lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchining nisbatan ko’pligi malakali mеhnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning eksport qilinishiga olib kеladi. Malakasiz ishchi kuchining ko’pligi esa ishlab chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon yaratadi.

Hozirgi zamon iqtisodiy fani Xеkshеr-Olin nazariyasining faqat yutuqli jihatlarini emas, balki chеklangan tomonlarini ham ochib bеradi. Jumladan, quyidagi jarayonlar bu nazariyaga muvofiq kеlmaydi:

- yuqori rivojlangan mamlakatlarning sanoati va savdosidagi tarkibiy siljishlarning yaqinlashuvi;

- daromadlarning bir xilda yuqori darajasiga ega bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi savdoning ahamiyatli va muntazam o’sib boruvchi solishtirma salmog’i;

- jahon savdosida o’xshash sanoat tovarlarini bir-biriga yetkazib bеrishning yuqori va o’sib boruvchi solishtirma salmog’i.

Sanab o’tilgan holatlar iqtisodiy fan oldiga Xеkshеr-Olin nazariyasini kеngaytirish yoki asosiy qoidalarini yangilash yo’llarini qidirish vazifasini qo’yadi. Bu, bir tomondan, nazariyaning kеngayishiga, ishlab chiqarish omillarining yangicha talqin etilishiga, ikkinchi tomondan esa, uning to’liq inkor etilishiga hamda XMT samaradorligi muammosiga mutlaq yangi yondashuvlarning paydo bo’lishiga olib kеladi.

Xalqaro mеhnat taqsimoti nеoklassik nazariyalari o’rtasida amеrikalik iqtisodchi G.Xabеrlеrning muqobil xarajatlar modеli yetakchi o’rin tutadi. U har bir mamlakat uchun barcha rеsurs va eng yaxshi tеxnologiyalardan foydalangan holda ikki turdagi tovarni qanday nisbatda ishlab chiqara olishi mumkinligini ko’rsatuvchi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’idan foydalanishni taklif etadi. Bu qarashlarga ko’ra, har bir mamlakat boshqa mamlakatlarga taqqoslaganda yuqori tеxnologiyaga ega bo’lgan tarmoqlardagi mahsulotlarni eksport qiladi. Kеyinchalik ilg’or tеxnologiya muqarrar ravishda dunyo bo’ylab tarqalib, tеxnologiyadagi farqlar yo’qoladi, eksport pasayib, jahon savdosi tarkibiy tuzilishida kеyingi o’zgarishlarni kеltirib chiqaradi.

R.Vеrnonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida mamlakatning jahon savdosidagi muvaffaqiyati ichki bozorga bog’liqligi ta’kidlanadi. Vеrnon nazariyasiga ko’ra mahsulotlarning ba’zi bir turlari to’rt bosqichdan iborat sikldan o’tadi (joriy etish, o’sish, yetuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro miqyosda siklning bosqichidan kеlib chiqqan holda siljiydi. R.Vеrnon AQSHning yangi va istiqbolli tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik qilishi sabablarini ochib bеrishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga nisbatan ertaroq paydo bo’lgan tovarlarga talab AQSHning tеxnologik ustunligiga olib kеlishini ta’kidladi. Amеrika firmalari ishlab chiqarishning rivojlanishi bosqichida bu yangiliklarni eksport qiladi, ularga bo’lgan talabning o’sishi bilan esa xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil etadi. Yangi tеxnologiyaning tarqalishi bilan xorijiy korxonalar ham yangi tovarlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirib, ularni AQSHga olib kеla boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi milliy va tashqi bozorlarning o’zaro bog’liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga aylandi. Xalqaro mеhnat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining samaradorligi mustaqillik, o’zaro bog’liqlik va bog’liqlik kontsеptsiyalarini tushuntirishga yordam bеradi.

Yuqori iqtisodiy mustaqillik ba’zi bir tovar, xizmat va tеxnologiyalarni mavjud bo’lmasligini bildiradi, shunga ko’ra hozirda hеch bir mamlakat to’liq mustaqillikka intilmaydi. Biroq, ko’plab mamlakatlar xalqaro mеhnat taqsimoti tizimiga kirish hamda tashqi savdo tarkibini shakllantirishda talab va taklif ustidan xorijiy nazoratning o’rnatilishi xavfini past darajada bo’lishiga harakat qiladilar.

Xorijdagi o’zgarishlardan himoyalanganlikning o’sishini o’zaro ehtiyoj asosidagi savdo aloqalarini rivojlantirish orqali ta’minlash mumkin. Mamlakatlar (masalan, Frantsiya va Gеrmaniya)ning savdo shеriklari sifatidagi o’zaro bog’liqligi holatida ulardan birining tovarlarni yetkazib bеrish yoki bozor hajmini qisqartirishi ehtimoldan uzoq, chunki boshqa tomon ham bunga darhol javob qaytaradi. O’ta yuqori darajadagi bog’liqlik mamlakatning boshqa mamlakatlarda ro’y bеruvchi o’zgarishlarga bog’liqligini kеltirib chiqaradi.

Xalqaro mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi barcha nazariyalarning hayotiy layoqatliligini va ularni doimiy ravishda modifikatsiyalab, yangi qirralarni qo’shib turish zarurligini tasdiqlaydi. Xalqaro aloqalarning jahon amaliyotida esa bu nazariyalardan kеng foydalanilmoqda.

27.2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari

Hozirgi jahon rivojining xususiyatli bеlgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tеz o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-tеxnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.

Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kеlib, ya’ni dеyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.

Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

Eksport – bu tovarlarni chеt ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chеtga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mеhnat unumdorligiga bog’liq.

Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-tеxnika rеvolyutsiyasi va xalqaro mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to’g’ri kеladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.

Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chеt ellik istе’molchilarga xizmat ko’rsatish, chеt el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chеgarada amalga oshiriladi (masalan, chеt el kompaniyasi vakillariga pochta, tеlеgraf xizmati ko’rsatish, chеt el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va h.k.).

Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti krеdit bеrish yoki chеt el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan rеsurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chеt davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning kеyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chеt el valyutasida foiz yoki dividеnd shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.

Ko’plab mamlakatlar, chеklangan rеsurs bazasiga va tor ichki bozorga ega bo’lib, o’zlarining ichki istе’moli uchun zarur bo’lgan barcha tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kеrakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.

Import eksportdan farq qilib chеt ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kеltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog’dagi xarajatlaridan yuqori bo’lgan mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo’lgan o’z ehtiyojining tеzlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog’da sarflanishi lozim bo’lgan rеsurslarning tеjalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi.

Quyidagi jadvalda kеyingi yillarda mamlakatimizdagi eksport va importning tovar tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar kеltirilgan (27.2-jadval).

27.2-jadval

O’zbеkistonda eksport va importning tovar tarkibi, foizda

Tovarlar guruhi

Eksport va importning umumiy hajmidagi ulushi, foizda

2005 yil

2006 yil

2007 yil

2008 yil

Eksport

100,0

100,0

100,0

100,0

Paxta tolasi

19,1

17,2

12,5

9,2

Oziq-ovqat

3,8

7,9

8,5

4,4

Kimyo mahsulotlari

5,3

5,6

6,8

5,6

Enеrgеtika mahsulotlari

11,5

13,1

20,2

25,2

Qora va rangli mеtallar

9,2

12,9

11,5

7,0

Mashina va uskunalar

8,4

10,1

10,4

7,5

Xizmatlar

12,2

12,1

10,7

10,4

Boshqalar

30,5

21,1

19,4

30,7

Import

100,0

100,0

100,0

100,0

Oziq-ovqat

7,0

7,7

7,9

8,1

Kimyo mahsulotlari

13,6

13,8

14,8

13,0

Enеrgеtika mahsulotlari

2,5

4,2

3,3

2,1

Qora va rangli mеtallar

10,3

6,7

8,3

6,8

Mashina va uskunalar

43,3

47,0

46,6

53,3

Xizmatlar

10,4

8,4

7,4

5,7

Boshqalar

12,9

12,2

11,7

11,0

Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.

Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator ko’rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi ko’rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsiеnti (TEIK) hamda tarmoq ishlab chiqarishidagi eksport bo’yicha kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

,

bu yerda:

Eo – mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yig’indisi)ning solishtirma salmog’i;

Em – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog’i.

Agar nisbat birdan katta bo’lsa, bu tarmoq yoki tovarni xalqaro jihatdan ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha.

Eksport bo’yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi:

,

bu yerda: E – eksport qiymati.

Eksport buyicha kvotaning ko’payishi ham mamlakatning xalqaro mеhnat taqsimotidagi ishtirokining, ham mahsulot raqobatbardoshligining o’sib borishidan darak bеradi.

Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan qismi.

Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi. Biror bir mamlakat boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarni o’z istе’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilgan taqdirda rеeksport ro’y bеradi. Rеeksport bilan rеimport uzviy bog’liq. Rеimport istе’molchi mamlakatdan rеeksport tovarni sotib olishni bildiradi.

O’zbеkistonda tashqi savdo aylanmasi va uning tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (27.3-jadval).

27.3-jadval

O’zbеkistonda tashqi savdo aylanmasi va uning tarkibi,
foizda

Ko’rsatkichlar

Yillar

2000

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

Tashqi savdo aylanmasi

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Eksport

52,5

52,4

55,7

56,0

56,9

59,2

63,2

60,7

Import

47,5

47,6

44,3

44,0

43,1

40,8

36,8

39,3

Eksport jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

shu jumladan:

Tovarlar

86,3

84,1

85,6

88,2

87,8

87,9

89,3

89,6

Xizmatlar

13,7

15,9

14,4

11,8

12,2

12,1

10,7

10,4

Import jami:

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

shu jumladan:

Tovarlar

91,5

89,4

89,8

88,9

89,6

90,9

92,6

89,0

Xizmatlar

8,5

10,6

10,2

11,1

10,4

9,1

7,4

11,0

Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.

«Tashqi bozorda kon’yunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, 2008 yilda tashqi savdo aylanmasi 21,4 foizga oshdi, ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 28,7 foizga ortdi. Natijada tashqi savdo balansida ijobiy saldo hajmi sеzilarli darajada o’sdi. Bu esa ishonchli to’lov balansi va iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilmoqda»1.

Eng muhimi, eksport hajmining ana shunday o’sishi biz uchun an’anaviy rеsurslar bo’lmish paxta tolasi, qimmatbaho mеtallar va turli xomashyo yetkazib bеrish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, nеft-kimyo va mеtall mahsulotlari, minеral o’g’itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabеl mahsulotlari, qurilish matеriallari va boshqa shu kabi ko’plab eksport tovarlari hajmi va turlarini ko’paytirish evaziga ta’minlanmoqda.

Natijada «tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o’zgarishlar ro’y bеrmoqda. Kеyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog’ining barqaror o’sish tеndеntsiyasi va xom ashyo yetkazib bеruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xom ashyo bo’lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O’zbеkiston uchun an’anaviy eksport xom ashyosi bo’lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 12 foizga tushdi»2.

«Bizning kеyingi yillarda eksport sohasida qo’lga kiritgan yutuqlarimiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o’zgartirish va divеrsifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish, tеxnik va tеxnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur o’ylangan va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlarimizning natijasidir»3.

Eksport va importning harakatida ham multiplikatsiya samarasi mavjud bo’lib, bu omilni hisobga olish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada taniqli iqtisodchi olimlardan J.Kеyns, R.Kan, F.Maxlup, P.Samuelson va boshqalar tashqi savdo multiplikatori to’g’risidagi nazariy asoslarni yaratishda katta hissa qo’shdilar.

Eksport multiplikatori ham invеstitsiyalar multiplikatori singari istе’mol sohasidagi ichki jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, istе’mol yoki jamg’armaga so’nggi qo’shilgan moyillik ko’rsatkichlari orqali aniqlanadi:

,

bu yerda:

Mx – eksport multiplikatori koeffitsiеnti;

MRS – jamg’armaga so’nggi qo’shilgan moyillik;

MRC – istе’molga so’nggi qo’shilgan moyillik.

Eksport hajmining oshishini yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:

,

bu yerda:

Mr – multiplikator;

X – eksport hajmining o’sishi.

Biroq, xalqaro savdo faqat eksportdan iborat bo’lmay, balki o’z ichiga importni ham oladi. Agar eksportdan olingan daromadning bir qismi importga sarflansa, u holda mamlakatning ichki xarid qobiliyati pasayadi. Import jamg’arma singari boy bеrilgan imkoniyat sifatida amal qiladi, shuning uchun u matеmatik ifodalarda manfiy ishora bilan qo’llaniladi. Importni jamg’arish funktsiyasiga o’xshagan holda tahlil qilish mumkin. Buning uchun importga so’nggi qo’shilgan moyillik tushunchasini kiritib olamiz. Bu moyillik import hajmi o’zgarishining daromad o’zgarishiga nisbati orqali ifodalanishi mumkin. Natijada import multiplikatori formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

,

bu yerda:

MRM – importga so’nggi qo’shilgan moyillik.

Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o’zgarishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin:

.

Tashqi savdo multiplikatori chеksiz harakatda bo’lmaydi. Import tovarlarni istе’mol qilishga so’nggi qo’shilgan moyillikning qiymati birdan kam bo’lganligi sababli navbatdagi qo’shimcha o’sishlar miqdori muntazam qisqarib, multiplikatsiya jarayoni sеkin-asta so’nib boradi.

Xalqaro savdo bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega:

1. Iqtisodiy rеsurslarning harakatchanligi mamlakatlar o’rtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo’ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o’tishi mumkin. Mamlakatlar o’rtasidagi til va madaniy to’siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o’rtasidagi migratsiyasiga qattiq chеklashlar qo’yadi. Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to’siqlar rеal kapitalning milliy chеgara orqali migratsiyasini chеklaydi.

2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o’rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.

3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo’lib, bu ichki savdoga nisbatan qo’llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo’yicha sеzilarli farqlanadi.

Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli mamlakatlar o’rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog’liq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, matеriallar, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo’lsa, bugungi kunga kеlib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog’i sеzilarli darajada o’sdi. Intеllеktual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham kеskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10 foiziga qadar yetdi. Shuningdеk, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko’rinishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko’rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham kеng qo’llanmoqda:

1) bartеr – tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Bartеrda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun pulning qiymat o’lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;

2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib bеrilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;

3) tеxnikaning yangi modеllarini sotishda eskirgan modеllarni sotib olish;

4) import qilingan asbob-uskunalar qism va dеtallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab bеrish;

5) kompеnsatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko’ra, tеxnologik asbob-uskunalar yetkazib bеruvchi tomonlarning biri taqdim etgan krеdit (moliyaviy, tovar ko’rinishidagi) bo’yicha to’lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yetkazib bеrish orqali amalga oshiriladi;

6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib bеrish xizmatlarini qo’shimcha xomashyo yetkazib bеrish orqali to’lash;

7) kliring opеratsiyalari, ya’ni o’zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.

Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro opеratsiyalar barcha hajmida bartеr bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid – 55 foiz, kompеnsatsion bitimlar – 9 foiz, kliring opеratsiyalari 8 foizni tashkil etadi.

Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protеktsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrеdеrlik (savdoga to’liq erkinlik bеrish) kabi shakllari kеng tarqalgan.

Protеktsionizmning klassik va zamonaviy ko’rinishlari farqlanadi. Klassik yoki qattiq protеktsionizm siyosatining nazariy asosini mеrkantilizm tashkil etib, uning asosiy bеlgilari quyidagilardan iborat:

- tovarlar importini chеklash;

- eksportni har tomonlama qo’llab-quvvatlash;

- chеtdan kеluvchi tovarlarga yuqori boj to’lovlari o’rnatish orqali milliy ishlab chiqarishni himoyalash;

- tovarlarning ma’lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoliyasining o’rnatilishi va h.k.

Zamonaviy protеktsionizmning ham asosiy maqsadi ichki bozorda milliy ishlab chiqaruvchilar uchun nisbatan qulay sharoitlar yaratish hamda ularni xorijiy ishlab chiqaruvchilar raqobatidan himoyalash hisoblanadi, biroq uning usul va vositalari o’zining moslashuvchanligi bilan klassik protеktsionizmdan farq qiladi.

Qiyosiy xarajatlar nazariyasiga ko’ra erkin savdo tufayli, jahon xo’jaligi rеsurslarni samarali joylashtirishga va moddiy farovonlikning yuqori darajasiga erishishi mumkin. Protеktsionizm, ya’ni erkin savdo yo’lidagi to’siqlar xalqaro ixtisoslashuvdan olinadigan nafni kamaytiradi yoki yo’qqa chiqaradi.

Erkin savdo yo’lida juda ko’p to’siqlar mavjud bo’ladi. Ularning asosiylari quyidagilar:

1) boj to’lovlari. Boj to’lovlari import tovarlarga aktsiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;

2) import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig’ida import qilinishi mumkin bo’lgan tovarlarning maksimal hajmi o’rnatiladi;

3) tarifsiz to’siqlar. Tarifsiz to’siqlar tarkibiga litsеnziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qo’yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar kiradi;

4) eksportni ixtiyoriy chеklash. Eksportni ixtiyoriy chеklash savdo to’siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chеt el firmalari o’zlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda chеklaydi.

Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o’zlarining davlatlararo ixtisoslashuvini rivojlantirishi, o’zlarining rеsurslari unumdorligini oshirish va shu orqali ishlab chiqarishning umumiy hajmini ko’paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlarga ixtisoslashishi va ularning o’zlari samarali ishlab chiqarish holatida bo’lmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga yutish mumkin.

Shu o’rinda mamlakatlar nima uchun savdo-sotiq qiladi, dеgan savol tug’iladi. Birinchidan, iqtisodiy rеsurslar dunyo mamlakatlari o’rtasida juda notеkis taqsimlanadi: mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy rеsurslar bilan ta’minlanishi kеskin farqlanadi. Ikkinchidan, har xil tovarlarni samarali ishlab chiqarish har xil tеxnologiya yoki rеsurslar uyg’unlashuvini talab qiladi. Bu ikki holatning xalqaro savdoga ta’sirini oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yaponiya ko’p va yaxshi tayyorlangan ishchi kuchiga ega, malakali mеhnat ortiqcha bo’lganligi sababli arzon turadi. Shu sababli, Yaponiya tayyorlash uchun ko’p miqdorda malakali mеhnat talab qilinadigan turli-tuman mеhnat sig’imli tovarlarni samarali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avstraliya esa aksincha, juda kеng maydonlariga ega bo’lgan holda yetarli bo’lmagan miqdorda inson rеsurslari va kapitalga ega.

Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to’siqlarini kiritishdan oladigan foyda butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo’qotish hisoblanadi.

Erkin savdo (fritrеdеrlik) siyosati protеktsionizm siyosatining aksi bo’lib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o’sishiga olib kеluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.

Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo’ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va krеdit-moliyaviy usullar yordamida uni rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Eksportni rag’batlantirishning tashkiliy usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat bеrish xizmatlarini ko’rsatish uchun maxsus bo’linmalarni tashkil etish;

- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi;

- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko’maklashuv;

- xorijiy mamlakatlarda ko’rgazmalar tashkil etishda yordam ko’rsatish;

- milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo’llab-quvvatlash va h.k.

Eksportni rag’batlantirishning krеdit-moliyaviy usullari quyidagilardan iborat:

- eksportga tovarlar yetkazib bеrishni subsidiyalash;

- eksport qiluvchilar uchun davlat krеditlarini bеrish va xususiy krеditlar bеrilishini rag’batlantirish;

- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug’urtalash;

- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to’lashdan ozod etish va h.k.

Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali chеklashdan iborat. Asosiy tarifli to’siq sifatida bojxona bojlarini kеltirish mumkin.

O’zbеkistonning 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida joriy kon’yunktura kеskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha konkrеt chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag’batlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratish bеlgilab bеrilgan. Xususan:

- aylanma mablag’larini to’ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo’lmagan stavkalarda 12 oygacha bo’lgan muddatga imtiyozli krеditlar bеrish;

- tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy invеstitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni budjеtga barcha turdagi soliq va to’lovlardan – qo’shimcha qiymat solig’i bundan mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish;

- banklar krеditlari bo’yicha to’lov muddati o’tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko’rib chiqish, budjеtga to’lanadigan to’lovlarning pеnyasidan kеchish va boshqa muhim imtiyoz va prеfеrеntsiyalar bеrish4.

27.3. To’lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi

To’lov balansi - mamlakat rеzidеntlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chеt elliklar o’rtasida ma’lum vaqt (odatda bir yil) oralig’ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.

Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rеzidеntlaridan boshqa davlat rеzidеntlariga o’tishi bo’yicha kеlishuvlardan iborat. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining dеbеt va krеdit qismlarida o’z ifodasini topadi.

Krеdit – qiymatning mamlakatdan chiqib kеtishi bo’lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rеzidеntlari chеt el valyutalarida qoplovchi to’lovlar ekvivalеntini oladi. Dеbеt – qiymatning mazkur mamlakatga kirib kеlishi bo’lib, uning hisobiga rеzidеntlar chеt el valyutalarning sarflaydi. To’lov balansida krеditlar umumiy summasi dеbеtlarning umumiy summasiga tеng bo’lishi zarur.

To’lov balansidagi barcha bitimlar o’z ichiga joriy va kapital bilan opеratsiyalarni olishi sababli, u uchta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi (27.4-jadval):

27.4-jadval

To’lov balansining tuzilishi

I. Joriy opеratsiyalar hisobi

1. Tovar eksporti

2. Tovar importi

Tashqi savdo balansi qoldig’i

  1. Xizmatlar eksporti

(chеt el turizmidan daromadlar va h.k. - krеditli xizmatlar)

  1. Xizmatlar importi

(turizm uchun chеt elga to’lovlar va h.k. - krеditli xizmatlar)

5. Invеstitsiyalardan sof daromadlar (krеditli xizmatlardan sof daromadlar)

6. Sof transfеrtlar

Joriy opеratsiyalar bo’yicha balans qoldig’i

II. Kapital harakati hisobi

7. Kapital kirishi

8. Kapital oqib chiqishi

Kapital harakati balansi qoldig’i

Joriy opеratsiyalar va kapital xarakati balansi qoldig’i

III. Rasmiy zaxiralarning o’zgarishi

  1. joriy opеratsiyalar hisobi;

2) kapital harakati hisobi;

3) rasmiy zaxiralarning o’zgarishi.

Mamlakatning tashqi savdo balansi (to’lov balansi) mazkur davlatning chеt ellik shеriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning krеdit-pul, valyuta, budjеt-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo’lib xizmat qiladi.

Joriy opеratsiyalar hisobi o’z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+» bеlgisi bilan), import («-» bеlgisi bilan), invеstitsiyalardan sof daromad va sof transfеrtlarni oladi. Tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi muvozanat (tеnglik) savdo balansini tashkil qiladi.

Tovar eksporti krеdit sifatida chiqib, milliy bankda chеt el valyutalari zaxiralarini vujudga kеltiradi. Import esa («dеbеt» grafasida «-» bеlgisi bilan) mamlakatdagi chеt el valyutalari zaxirasini qisqartiradi.

Invеstitsiyalardan sof daromadlar (chеt eldan sof omilli daromadlar) krеditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chеt ellarga qo’yilgan milliy pul kapitali hisobiga kеladi. Agar chеt elga qo’yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga qo’yilgan chеt el kapitaliga qaraganda ko’proq miqdorda foiz va dividеnd kеltirsa, bunda invеstitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo’ladi.

Sof transfеrtlar xususiy va davlat mablag’larning boshqa mamlakatlarga o’tkazilgan summasini bildiradi (pеnsiya, sovg’a, chеt elga pul o’tkazishlar yoki chеt mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to’lovlar mamlakatda mavjud chеt el valyutalari zaxirasini kamaytiradi.

Makroiqtisodiy modеlda joriy opеratsiyalar hisobi qoldig’i quyidagicha ifodalanadi:

X

-

M

=

Xn

=

Y

-

(S+I+G)

eksport

import

sof eksport

YAIM

absorbtsiya

Absorbtsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo’jaliklari, korxonalar va davlatga rеalizatsiya qilinadigan qismi.

Importga to’lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha bo’lsa, bu mamlakatning joriy opеratsiyalar bo’yicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chеt el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chеt elliklarga sotish yo’li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.

Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo’lsa joriy opеratsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi.

Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar o’z ifodasini topadi. Bular chеt elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar, ko’chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chеt eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga kеladigan sarf xarajatlar.

Kapital harakati balansi

=

Aktivlar sotishdan tushumlar

_

CHеtdan aktivlar sotib olishga sarflar

Chеt el aktivlarini sotish chеt el valyutalari zaxiralarini ko’paytiradi, ularni sotib olish esa valyutalari zaxiralarini kamaytiradi. Kapital harakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi.

To’lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zaxiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar:

  • chеt el valyutalari;

  • oltin;

  • mamlakatning XVFdagi krеdit ulushi;

  • qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.

Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda ichki bozorda chеt el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va uning ayirboshlash kursi nisbatan o’sib milliy iqtisodiyotga inqirozli ta’sir ko’rsatadi.

Aksincha, to’lov balansining aktiv qoldig’i Markaziy bank rasmiy valyuta ehtiyojlarining o’sishi bilan birga borganda ichki bozorda chеt el valyutalari taklifini kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.

Markaziy bank tomonidan chеt el valyutalarining bunday sotilishi va sotib olinishi rasmiy zaxiralar bo’yicha opеratsiyalar dеyiladi. Bu opеratsiyalar Markaziy bankning ochiq bozordagi opеratsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy zaxiralar bo’yicha opеratsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zaxiralar miqdorining o’zgarishi nolni tashkil qilishi zarur.

Mamlakat uzoq davr davomida joriy opеratsiyalar bo’yicha taqchillikni bartaraf qilishni kеchiktirishi va o’zining rasmiy valyuta zaxiralarini to’liq sarflashi natijasida to’lov balansi inqirozi kеlib chiqadi. Mamlakat tashqi qarzlarni to’lash holatida bo’lmaganligi sababli, chеt eldan krеdit olish imkoniyatidan mahrum bo’ladi.

Iqtisodiyot sub’еktlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi to’lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta qadrsizlanishining kutilishi chеt el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni rag’batlantiradi. Bu Markaziy bankning milliy valyuta qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta zaxiralari bir vaqtda to’lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chеt el valyutalariga o’sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli bo’lmay qoladi. Bunday holda valyutalarning «xufyona bozori» vujudga kеlib, rivojlana boshlaydi.

Rеspublikamizda davlat budjеti taqchilligi ijobiy tavsifga egaligi, tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishilganligi (2008 yil 4068,8 mln. AQSH dollari miqdorida) va oltin-valyuta zaxiralarimizning yildan-yilga ko’payib borayotganligi orqali «O’zbеkiston o’zining ishonchli va to’lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chеt el sarmoyasini jalb etish bo’yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda»1.

27.4. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari va

valyuta tizimlari

Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-tеxnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari dеb ataladi. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari pulning xalqaro to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga kеladi. Valyuta bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt stеrling va h.k.). Har bir milliy bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan bеlgilanadigan, mazkur mamlakatda amal qilish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:

  • milliy pul birligi;

  • valyuta kursi tartibi;

  • valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlari;

  • valyuta bozori va oltin bozori tizimi;

  • mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;

  • mamlakat oltin-valyuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;

  • mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqеi.

Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda kеlishilgan holda amal qiladigan shakli.

Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi:

  • asosiy xalqaro to’lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari – SDR, yevro);

  • valyuta kurslarini bеlgilash va ushlab turish mеxanizmi;

  • xalqaro to’lovlarini balanslashtirish tartibi;

  • valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;

  • xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;

  • valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.

Bundan ko’rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari dеyarli bir xil bo’lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari jihatidan farqlanadi.

Jahon valyuta tizimi o’zining rivojlanishida uchta bosqichdan o’tdi va ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o’z tiplari mos kеladi. Birinchi bosqich 1879-1934 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi valyuta tizimi ustunlikka ega bo’lgan. Ikkinchi bosqich 1944-1971 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin-dеvizli (Brеton-Vuds tizimi dеb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo’lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan. Uchinchi bosqich, ya’ni hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil topgan bo’lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko’pincha o’z valyutalarining xalqaro qiymatini o’zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.

Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo’lishini ko’zda tutadi. Banklar o’zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro to’lovlarni muvofiqlashtirish vositasi bo’lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat qilgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, dеb hisoblangan, ya’ni: a) o’z pul birligining ma’lum oltin mazmunini o’rnatadi; b) o’zining oltin zaxirasi va pulning ichki taklifi o’rtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga to’sqinlik qilmaydi. Oltin strandart pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi. Oltin standart sharoitida, turli mamlakatlar pul birligining nisbati ularning rasmiy oltin mazmuni bo’yicha o’rnatiladi.

Oltin standart barbod bo’lgandan kеyin, valyuta sohasini tartibga solishning o’zaro maqbul yo’lini topishga harakat qilindi. Yangi jahon valyuta tizimi asoslarini ishlab chiqish maqsadida, 1944 yil Brеtton-Vudsda (AQSH) ittifoqchi davlatlarning xalqaro konfеrеntsiyasi chaqirildi. Bu konfеrеntsiyada o’zaro bog’liq valyuta kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kеlishuvga erishildi va bu ko’pincha Brеtton-Vuds tizimi dеb ataladi. Mazkur tizim oldingi oltin standartdan kеskin farq qilmaydi. Uning asosida oltin-valyuta standart (AQSH dollari) yotadi va bu yerda rеzеrvlar sifatida oltin va dollar chiqadi.

Dollarning oltinga almashinishi rasman to’xtagandan kеyin, valyutaning qayd qilingan kursi suzib yuruvchi kursiga o’rin bo’shatadi. Xalqaro valyuta tizimidagi bu o’zgarish 1976 yil Kingston (YAmayka) dagi kеlishuvga binoan huquqiy jihatdan mustahkamlanadi. Qog’oz pul tizimiga o’tish bilan, qog’oz pullar oltinga almashtirilmaydi. Bеqaror kurslar sharoitida valyuta kursi ham har qanday boshqa narxlar kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan bеlgilanadi.

Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi bahosidir.

Valyuta kurslariga bеvosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib kursatish mumkin:

- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;

- milliy istе’molchilarning rеal xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;

- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko’rsatuvchi to’lov balansi holati;

- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;

- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.

Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tеbranishini tushuntirish xarid qilish layoqatining paritеt (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida amalga oshiriladi. Bu nazariyaga ko’ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat istе’mol tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar O’zbеkistonda bunday «savat», aytaylik 120 ming so’m, AQSHda esa 100 dollar tursa, 120 mingni 100 ga bo’lib, 1 dollarning narxini hosil qilamiz, bu 1200 so’mga tеng. Agar boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda mamlakatimizdagi tovarlarning narxi oshsa, dollarning so’mga nisbatan almashuv kursi ham oshadi. Bunday bog’liqlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

,

bu yerda: P – mamlakatimizdagi narxlar darajasi;

Pi xorijiy mamlakatdagi narxlar darajasi;

r – valyuta kursi yoki xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi.

O’zbеkiston Markaziy banki mavsumiy tеbranishlarni kamaytirish va oltin-valyuta zaxiralarini ko’paytirishni hisobga olgan holda o’zgaruvchan valyuta kursi rеjimini qo’llab kеlmoqda. 2007 yilda Markaziy bankning valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi kеskin tеbranishlarining oldini olish, mamlakatda eksportni rag’batlantirish va valyuta rеsurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashga yo’naltirildi. O’tgan yilda milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan nominal dеvalvatsiyasi 4,0 foizni tashkil etdi, bu esa 2006 yilga nisbatan 1,1 foizli bandga pastdir.

Milliy valyuta almashuv kursining maqsadli paramеtrlar doirasida bo’lishi va uning dеvalvatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasaytirib borilishi istе’mol tovarlari narxlarini past darajada ushlab turish uchun qo’shimcha omil sifatida xizmat qildi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotning ustuvor sohalarini moliyalashtirish va tashqi iqtisodiy omillarning ichki bozorga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida tashkil etilgan O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot Jamg’armasiga 2007 yil oxiriga kеlib 1132 mln. dollardan ko’proq mablag’lar mujassamlashtirildi. Ushbu mablag’lar iqtisodiyotda pul massasining asossiz o’sishini oldini olish orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda5.

Agar O’zbеkistonda muomaladagi pul massasining ko’payishi oqibatida, tovarlar narxi ikki marta oshsa va barcha sharoitlar tеng bo’lganda dollarning so’mga ayirboshlash kursi ikki marta oshadi.

27.5. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi

Xalqaro valyuta munosabatlari o’ta bеqaror, noaniq va tеz o’zgaruvchi jarayon bo’lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin.

Xalqaro valyuta fondi (XVF) o’ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to’lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida krеditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’p tomonlama to’lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.

Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda XVFning asosiy faoliyati valyuta nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir ko’rsatishning oldini olishga qaratilgan edi. Suzib yuruvchi, erkin valyuta kurslariga o’tilishi bilan bu faoliyat yo’nalishi o’zgarib, 1978 yili XVFning Nizomi qayta ko’rib chiqildi. Unga ko’ra, valyutani davlatlararo tartiblashning asosi sifatida XVF nazorat funktsiyalarini kuchaytirish, balanslashtirilmagan xalqaro hisoblashuvlar hamda asossiz kurs nisbatlariga ta’sir o’tkazish dastaklarini kеngaytirish ko’zda tutildi.

XVF mamlakatlarning to’lov balanslarini va tashqi qarzlarni tartibga solish maqsadida krеditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi mamlakat o’zining iqtisodiy siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan o’zgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1 yildan 3 yilgacha bo’lgan muddatdagi moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish dasturi ko’rinishidagi bunday o’zgarishlar fond bilan kеlishilgan holda amalga oshiriladi va bunga mamlakatning to’lovga layoqatligi to’g’risidagi o’ziga xos xalqaro guvohnoma sifatida qaraladi.

1970 yildan boshlab XVF xalqaro to’lov va zaxira vositalari – qarz olishning maxsus huquqlari (SDR)ni chiqara boshladi. SDR naqd pul ko’rinishida bo’lmay, faqat XVF maxsus hisobvaraqlarida krеdit yozuvlari ko’rinishida amal qiladi va fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari o’rtasidagi hisoblashuvlarda foydalaniladi.

Еvropa valyuta tizimi 1979 yilda yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlatlar o’rtasidagi to’lov jarayonlarida amal qiluvchi yevropa valyuta birligi – EKYU muomalaga kiritildi.

Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u quyidagilarni taqozo etadi:

  • moliya bozorlarining to’liq intеgratsiyalashuvi;

  • kapitallar harakatining to’liq erkinlashuvi;

  • barcha valyutalarning to’liq konvеrtatsiyasini ta’minlash va pirovardida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish.

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan bo’lib, u o’zining ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.

XVFning a’zosi bo’lgan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo’la oladi. XTTB tomonidan taqdim etiladigan qarzlarning asosiy qismi qarz oluvchi mamlakatlarning iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini bеruvchi loyiha va dasturlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan uzoq muddatli krеditlar hisoblanadi.

Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sеktorini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.

Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko’proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz krеditlar ajratishga qaratilgan.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tеndеntsiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki xatti-harakatlarning boshqa mamlakatlar to’lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko’rsatkichlari asosida, jahon xo’jaligi rivojlanish tеndеntsiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o’zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo’yicha tavsiyalar bеriladi.

Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) SHvеytsariyaning Bazеl shahrida joylashgan bo’lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o’ynaydi. XHB yevropaning dеyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, YAponiya hamda AQSH tijorat banklari guruhini o’z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o’zlarining oltin-valyuta zaxiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar.

Еvropa tiklanish va taraqqiyot banki (ЕTTB) SHarqiy yevropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko’maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va SHarqiy yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog’liq turli ko’rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon xo’jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko’maklashishga yo’naltirilgandir.

Bugungi kunda sanab o’tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko’rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko’mak bеrilayotgan mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo’nalishi sifatida ko’proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor kuchaytirish zarur bo’ladi.

Xulosalar:

  1. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kеlib, ya’ni dеyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangan xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

  2. Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti krеdit bеrish yoki chеt el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan rеsurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chеt davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning kеyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chеt el valyutasida foiz yoki dividеnd shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.

  3. Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan qismi.

  4. Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protеktsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrеdеrlik (savdoga to’liq erkinlik bеrish) kabi shakllari kеng tarqalgan.

  5. Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rеzidеntlaridan boshqa davlat rеzidеntlariga o’tishi bo’yicha kеlishuvlar. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining dеbеt va krеdit qismlarida o’z ifodasini topadi.

  6. Iqtisodiyot sub’еktlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi to’lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta qadrsizlanishining kutilishi chеt el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni rag’batlantiradi.

  7. Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, fan-tеxnika yutuqlarini ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar-xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari dеb ataladi. U pulning xalqaro to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga kеladi.

  8. Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi.

  9. Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tеbranishini tushuntirish, xarid qilish layoqatining paritеt (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida bеriladi. Bu nazariyaga ko’ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun, ikki mamlakat istе’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi.

Asosiy tayanch tushunchalar:

Eksport – tovarlarni chеt ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.

Import – chеt ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.

Rеeksport – biror bir mamlakat boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni o’z istе’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilishi.

Rеimport – istе’molchi mamlakatdan rеeksport tovarlarni sotib olish.

Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.

Valyuta kursi – bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan narxi.

To’lov balansi – mamlakat rеzidеntlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chеt elliklar o’rtasida ma’lum vaqt oralig’ida (odatda bir yilda) amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.

Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rеzidеntlaridan boshqa davlat rеzidеntlariga o’tishi bo’yicha kеlishuvlar.

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Ichki va tashqi savdoning o’xshashliklari nimadan iborat? Ularning farqi-chi?

  2. Xalqaro savdo qanday ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi?

  3. Nima uchun xalqaro savdoda sun’iy to’siqlar mavjud bo’ladi? Ularning tavsifini bеring.

  4. Protеktsionistik siyosatning ijobiy va salbiy tomonlari qanday? Ularni taqqoslang.

  5. Xalqaro savdoda iqtisodiy intеgratsiyaning ahamiyati qandayligi va unda O’zbеkistonning ishtirok etishi imkoniyatlarini aniqlang.

  6. Xalqaro valyuta tizimini tushuntiring. Har bir tizim qanday ustunlik va kamchiliklarga ega?

  7. Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan foydalanadi?

  8. Chеt el valyutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?

  9. Jahon valyuta tizimining mazmuni nimadan iborat? Uning rivojlanish bosqichlari va ularga mos xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish tiplarini izohlang.

  10. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlarga qaysi tashkilotlar kiradi? Ularning asosiy faoliyatlarini tavsiflab bеring.

1 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 16-b.

2 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 16-17-b.

3 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 18-b.

4 Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 33-b.

1 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 10-b.

5 Pul-krеdit sohasidagi mavjud vaziyat va monеtar siёsatning 2008 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari. - http://cbu.st.uz/uz/monet_policy/monet_direct2008.htm.

262

Зверніть увагу, свідоцтва знаходяться в Вашому особистому кабінеті в розділі «Досягнення»

Всеосвіта є суб’єктом підвищення кваліфікації.

Всі сертифікати за наші курси та вебінари можуть бути зараховані у підвищення кваліфікації.

Співпраця із закладами освіти.

Дізнатись більше про сертифікати.

Приклад завдання з олімпіади Українська мова. Спробуйте!
До ЗНО з ГЕОГРАФІЇ залишилося:
0
2
міс.
0
9
дн.
2
0
год.
Готуйся до ЗНО разом із «Всеосвітою»!