Model III and Union as the place of uniting people in one unique ideology.

Опис документу:
Шаҳар мухандислик таъминоти тизими.Шаҳар мухандислик таъминоти тизимининг функциялари. Шаҳар хўжалиги – шаҳар экологиясини яхшилашнинг воситаси. Шаҳарни кўкаламзорлаштириш хўжалиги. Кўкаламзорлаштириш функциялари. Шаҳарни кўкаламзорлаштириш категориялари, меъёрлари. Шаҳар ҳудудини тозалаш турлари, давомийлиги

Відображення документу є орієнтовним і призначене для ознайомлення із змістом, та може відрізнятися від вигляду завантаженого документу. Щоб завантажити документ, прогорніть сторінку до кінця

Перегляд
матеріалу
Отримати код Поділитися

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOShKENT ARXITEKTURA QURILISh INSTITUTI

Uslubiy Kengashda

tasdiqlangan №4 18.01.2014

«SHAHAR HUDUDINI MUHANDISLIK TAYYОRLAS

fanidan

«SHAHAR HUDUDINI VERTIKAL REJALASHTIRIS

kurs loyihasini bajarish uchun

USLUBIY KO’RSATMA

(5340300- «Shahar qurilishi va xo’jaligi», 5111000- «Kasbiy ta’lim» (5340300- «Shahar qurilishi va xo’jaligi») yo’nalishi bo’yicha ta’lim oluvchi talabalar uchun)

Toshkent 2014

Uslubiy ko’rsatma 5340300- «Shahar qurilishi va xo’jaligi», 5111000- «Kasbiy ta’lim» (5340300- «Shahar qurilishi va xo’jaligi») yo’nalishi bo’yicha ta’lim oluvchi 3-kurs talabalari uchun mo’ljallangan.

Fanning dasturi Toshkent arxitektura qurilish instituti tomonidan ishlab chiqilgan.

Tuzuvchilar:

Xotamov A.T.

- t.f.n., dots., “Shahar qurilishi va xo’jaligi

kafedrasi mudiri

Taqrizchilar:

Mirzayev M.

- t.f.n., dots., “Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi” kafedrasi mudiri

Usmonov Q.T.

- t.f.n., “Shahar qurilishi va xo’jaligi” kafedrasi

dotsenti

Uslubiy Kengashda

tasdiqlangan №4 18.01.2014

SHAHAR HUDUDLARINI VERTIKAL REJALASHTIRISH

K I R I SH

Hududlarni injenerlik jihatdan tayyorlash va obodonlashtirish shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish uchun uchastkalarni tanlash va baholashda hududlarni injenerlik jihatdan tayyorlash katta rol o’ynaydi va shaharsozlik maqsadlarida hududlarni o’zlashtirishning birinchi bosqichi deb hisoblanadi. Berilgan hududning tabiiy sharoitlari va fizik-geologik jarayonlari shaharlarni rejalashtirish (loyihalash), qurish va injenerlik obodonlashtirishga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Hududning tabiiy relefi, tashqi suvlari (atmosfyeradagi yog’ingarchilik suvlari) hamda daryolar ko’llar (suv havzalari) hududning asosiy tabiiy sharoitlari deb hisoblaniladi. Shularga bog’liq ravishda hududni injenerlik jihatdan tayyorlashda va obodonlashtirishda vertikal rejalashtirish hamda tashqi suvlari (atmosfyeradagi yog’ingarchilik suvlari)ning oqib ketishini tashkil etish muhim rol o’ynaydi.

  1. KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Kurs loyihasining maqsadi hududlarni injenerlik jihatdan tayyorlash va obodonlashtirish bo’yicha ma’ruza mashg’ulotlarida berilgan ma’ruzalar hamda taqdim etilgan adabiyotlarni mustaqil o’rganish orqali olingan nazariy bilimlar, shuningdek, mikrorayonning rejaviy yechimi va konkret tabiiy sharoitlarda tashqi suvlari (atmosfyeradagi yog’ingarchilik suvlari) oqib ketishini tashkil etishni vertikal rejalashtirish bo’yicha o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashdan iboratdir.

Kurs loyihasi quyidagi vazifalarni o’z tarkibiga kiritadi:

1. Mikrorayonning bosh rejasi va mavjud bo’lgan relefni tahlil qilish;

2. Mikrorayonga tegishli bo’lgan ko’chalarni vertikal rejalashtirish, chetki gorizontallardagi ko’chalarni vertikal rejalashtirish va binolarni ko’chalarga nisbatan joylashtirish (binolarni sath belgilari bo’yicha ko’cha sathiga bog’lash);

3. Tashqi suvlari (atmosfyeradagi yog’inlari)ni mikrorayon hududidan va unga tegishli bo’lgan ko’chalardan oqizishni tashkil etish sxemasini ishlab chiqish.

  1. KURS ISHINING TARKIBI

1. Mikrorayonga tegishli bo’lgan ko’chalarni mikrorayon bosh rejasi masshtabida vertikal rejalashtirish sxemasi.

Sxemada ko’chalar kesishgan joylar (chorrahalar) va relef o’zgargan joylarda mavjud bo’lgan (qora) va loyiha qilinadigan (qizil) belgilar hamda ko’chalarning o’qlari bo’yicha loyihaviy bo’ylama nishabliklari keltiriladi.

2. Mikrorayon hududi va unga tegishli bo’lgan ko’chalardan tashqi suvlarini oqizishni tashkil etish sxemasi M 1:1000 (1:2000) masshtabda bajariladi.

Sxemada tashqi suvlarini oqizish bo’yicha umumiy havzalarning chegaralari, suv oqizishning bosh kollektorlari trassalari, har bir havzaning suv oqizish tizimi va tashqi suvlarini tushirish joylari ko’rsatiladi.

3. Binolarni chetki gorizontal ko’chalarga bog’lagan holda bu ko’chalarning vertikal rejasini M 1:1000 masshtabda tuziladi.

Ko’chalarning vertikal loyihasi (rejasi) qizil chiziq bo’yicha ishlab chiqiladi, binoning burchaklari, kirish joylari, pol sirtining loyihaviy belgilari aniqlanadi.

4. Vertikal rejalashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan loyihalarda yer ishlari ob’yektlarini aniqlanadi.

  1. BOSHLANG’ICH MA’LUMOTLAR

Mikrorayonning 1:1000 masshtabdagi bosh rejasi, bu reja har 0,5; 1,0 metrdan keyin o’tkazilgan gorizontal chiziqlar bilan geodezik asoslangan holatda beriladi.

IV. USLUBIY KO’RSATMALAR

IV. I. Vertikal rejalashtirish sxemasi.

Shaharsozlik maqsadlarida foydalanish uchun mo’ljallangan hududning tabiiy relefi ko’p hollarda loyihalash, qurish va obodonlashtirishning talablarini yetarli darajada qoniqtirmaydi. Tabiiy relefni ma’lum bir talablarga moslashtirish vertikal rejalashtirish yordamida amalga oshiriladi.

Vertikal rejalashtirishbu joyning mavjud bo’lgan relefini sun’iy tarzda o’zgartirishdir. Vertikal rejalashtirish shahar hududlarini injenerlik jihatdan tayyorlash va obodonlashtirish bo’yicha muhim bo’lgan tadbirlardan biri deb hisoblanadi va uni albatta amalga oshirish zarurdir.

Shunday qilib, vertikal rejalashtirishning asosiy maqsadi qurilish va injenerlik obodonlashtirish talablarini qoniqtiradigan shahar hududlarini yaratishdan iboratdir. Shahar hududlarini vertikal rejalashtirish binolar va inshootlarni joylashtirish, ko’chalar va o’tish joylarini o’tkazish hamda yer osti injenerlik kommunikatsiyalarini yotqizish uchun yaxshi sharoitlarni yaratish demakdir.

Vertikal rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1. Shahar hududlaridan yer usti suvlari ya’ni yomg’ir, qor va muz erishidan hosil bo’ladigan suvlar oqizilishini tashkil etish.

2. Hamma turdagi transport vositalari hamda piyodalarning xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun ko’chalar, maydonlar va chorrahalarning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan nishabligini ta’minlash.

3. Binolarni joylashtirish va yer osti injenerlik kommunikatsiyalarini yotqizish uchun qulay sharoitlarni yaratish.

4. Noqulay fizik geodezik jarayonlar (hududlarni suv bosishi va ularning grunt suvlari ta’sirida cho’kishi, yer sirtida yoriqlar hosil bo’lishi) ro’y berishi mumkin bo’lgan hollarda relefni yaxshilashni tashkil etish.

5. Relefga mumkin qadar arxitekturaviy ko’rkam ko’rinish berish.

Loyihalanayotgan (rejalashtirilayotgan) hudud yuzasini shunday belgilash kerakki, natijada mavjud bo’lgan relef, go’zal va nozik o’simliklar hamda ko’kalamzorlar, hosildor tuproq qatlamini maksimal saqlab qolishga erishilsin. Shuning uchun vertikal rejalashtirish shahar ko’chalari, yo’llari o’tgan va maydonlar joylashgan hududlarda, shuningdek, binolar va inshootlar qurilishi uchun mo’ljallangan uchastkalarda olib boriladi.

Hududning rejaviy belgilanishi ya’ni hududni rejaviy belgilash belgilarini o’rnatish yer ishlarining minimal hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi, bunda no’lli balans, boshqacha qilib aytganda, qurilish vaqtida grunt olinadigan va grunt to’ldiriladigan qismlarning tenglashishi hisobga olinadi.

Shaharning eng baland qismi va uning elementlari echimining birinchi bosqichi bu vertikal rejalashtirish sxemasini tuzish demakdir. Vertikal rejalashtirish sxemasi shahar yoki turar-joy rayoni bosh rejasiga kiritilgan geodezik ko’rsatmalar asosida ishlab chiqiladi. Vertikal rejalashtirishning bu boqichida mikrorayonlar va shahar boshqa elementlarining umumiy balandlik bo’yicha joylashishining asosiy, eng maqsadga muvofiq yechimlari, tashqi suvlari (atmosferadagi yog’ingarchilik suvlari) oqizilishini tashkil etish va shahar ko’chalari hamda yo’llarini o’tkazish aniqlanadi.

Vertikal rejalashtirishning sxemasini tuzish vaqtida ko’chalar o’qlarining chorrahadagi kesishish nuqtalarida va relefning ko’chalar trassasi bo’yicha keskin o’zgargan joylarida loyihaviy (qizil) belgilar va ko’chalar orasidagi loyihaviy bo’ylama nishabliklar aniqlanadi (1 rasm).

Ikki nuqta orasidagi bo’ylama nishab (ibo’yl) deb mazkur nuqtalar belgilari farqining (h) ular orasidagi gorizontal masofa ()ga nisbatiga aytiladi:

(1)

Nishablarning qiymatlari kasr sonlar yoki foizlarda aniqlanadi (0,004; 0,02; yoki 0,4%; 0,2%). Bir qator hollarda bo’ylama nishablar promillarda aniqlanadi (4‰; 20‰).

Vertikal rejalashtirish sxemasini ishlab chiqishda dastavval mavjud bo’lgan relefning sath belgilari (qora belgilar) zarur bo’lgan nuqtalarda topografik xaritadan aniqlanadi. Bu nuqtalar orasidagi masofalar reja bo’yicha masshtabga muvofiq holda qabul qilinadi. So’ngra ko’chalar bo’ylama nishabining yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan minimal va maksimal nishablarga mos kelish yoki kelmasligi SHNQ 2.07.01-03* [1] (1- jadval) bo’yicha tekshiriladi va loyihaviy bo’ylama nishab aniqlanadi.

Ko’chalar va yo’llarning chetki ariq (lotok)lar bo’yicha eng kichik bo’ylama nishabi asfaltbeton va sementbeton qoplamlar uchun normal suv oqizilishini tashkil etishdan kelib chiqqan holda 0,005 m dan kam bo’lmagan qiymatlarda qabul qilinadi.

Hududlarning nishabligi mavjud bo’lgan sharoitlarga har doim ham mos kelavermaydi (ya’ni yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal yoki minimal nishablarga). Bunday vaziyatlarda ko’chalarning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan bo’ylama nishablari ba’zi bir uchastkalardan gruntni kovlab olish va boshqa uchastkalarga gruntni to’kish orqali hosil qilinadi. Olingan loyihaviy sath belgisi va mavjud bo’lgan relefning sath belgisi orasidagi farq yordamida ishchi sath belgisi aniqlanadi, boshqacha qilib aytganda, grunt chuqur joylarga to’kiladi yoki baland joylardan kovlab olinadi, bu jarayonlarni mos ravishda “+” yoki “–” ishoralar bilan belgilash qabul qilingan.

Qizil sath belgilarini shunday belgilash kerakki, bunda ishchi sath belgilari imkon qadar 0,5 m dan oshib ketmasin. Ko’chalar bo’yicha gruntni katta hajmda kovlash va chuqur joylarga to’kish bu ko’chalarga tegishli bo’lgan hududlarda katta hajmda yer ishlarini bajarishni keltirib chiqaradi.

1-jadval.

Ko’chalar va yo’llar qatnov qismining o’qlari bo’yicha yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan eng katta bo’ylama va ko’ndalang nishabliklar.

Ko’chalar va yo’llarning kategoriyalari

Bo’ylama nishab

Ko’ndalang nishab

Qizil chiziqlardagi eni, m da

Max

Min

max

min

1 . Tezkor yo’llar

0,04

0,004

0,025

0,015

2. Shahar ahamiyatidagi magistral ko’chalar va yo’llar

- uzluksiz harakatdagi ko’chalar va yo’llar

0,05

0,004

0,025

0,015

45

- tartiblangan harakatdagi ko’chalar va yo’llar

0,05

0,004

0,025

0,015

45

- rayon ahamiyatiga ega bo’lgan ko’chalar va yo’llar

0,06

0,004

0,025

0,015

35

- yuk avtomashinalari haraktlanadigan yo’llar

0,04

0,004

0,025

0,015

3. mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ko’chalar va yo’llar

- turar joy

rayonlaridagi ko’chalar

0,08

0,004

0,025

0,015

25

- sanoat korxonalari va kommunal

omborxonalar joylashgan rayonlar yo’llari

0,06

0,004

0,025

0,015

15

- piyodalar o’tish

joylariga ega bo’lgan ko’chalar va yo’llar

0,04

0,005

0,025

0,015

- posyolka ko’chalari

0,07

0,005

0,025

0,015

15

- posyolka yo’llari

0,07

0,005

0,025

0,015

15

- o’tish yo’llari

0,08

0,005

0,025

0,015

Vertikal rejalashtirish sxemalari mavjud bo’lgan relefga mos kelgan hollarda ko’chalar chorrahalarida va ko’chalar trassalarida past joylarning hosil bo’lishiga ya’ni sirt suvlari oqmaydigan uchastkalar va sirt suvlari to’planadigan uchastkalarning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik taqoza etiladi. Bunday past joylarning hosil bo’lishiga hattoki sirt suvlarini yopiq holatda oqizish tizimini tashkil etishni ko’zda tutgan loyihalash vaqtida ham yo’l qo’ymaslik talab etiladi. Chorrahalar hududlarini shunday loyihalashtirish kerakki, natijada chorrahaning hech bo’lmasa bitta ko’chasining bo’ylama nishabi chorrahadan boshlab yo’nalgan bo’lsin.

Vertikal rejalashtirish sxemalaridagi perspektiva chizmalarida ko’chalar o’qlarining kesishgan joylarida va nishab o’zgargan nuqtalarda interpolyatsiya usulini qo’llash orqali ko’rsatkich belgisi quyiladi va mavjud bo’lganlari (qora rang) – ko’rsatkich belgisi ostidagi sath belgilari qora rangda va loyihalanayotganlari (qizil) – ko’rsatkich belgisi ustidagi belgilar qizil rangda yoziladi, ko’chalarning nishabi eng yuqori sath belgilaridan pastki sath belgilari tomon yo’nalgan bo’ylama nishabning yo’nalishi strelkalar bilan ko’rsatiladi, strelkaning ustiga bo’ylama nishab qizil rangda, uning tagiga esa ko’chani shu nishab bilan chegaralaydigan uchastka qora rangda belgilanadi. Ushbu belgilarning yoniga ishchi sath belgilari qavslar ichida tegishli belgilar bilan ko’rsatiladi.

Vertikal rejalashtiriishning sxemalarini loyihalash quyidagi ketma-ketlikda bajariladi. Chorrahadagi boshlang’ich nuqta (qoidaga ko’ra, eng baland sath belgisi) tanlanadi, mazkur nuqtaning shu chorrahaga eng yaqin bo’lgan chorraha sath belgisidan qancha balandlikda joylashganligi va ular orasidagi bo’ylama nishab aniqlanadi.

Agar olingan bo’ylama nishab yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan nishabga to’g’ri kelsa, u holda bu nishab loyihaviy nishab sifatida qabul qilinadi va sxemaga kiritiladi (uning qiymati minglik belgisida yaxlitlanadi). Undan keyin ular orasidagi haqiqiy farq aniqlanadi (nishabni yaxlitlash evaziga bu farq boshlang’ich farqdan birqancha farqlanadi) So’ngra bu nuqtalarning loyihaviy sath belgilari aniqlanadi – birinchi nuqta qizil sath belgisini qora sath belgisiga teng qilib qabul qilinishi mumkin, undan yuqorida ko’rsatilgan farqni ayirib ikkinchi nuqtaning qizil nuqtasini olamiz.

Agar ishchi belgi tavsiya etilayotgan belgidan baland bo’lsa (oshib ketsa), u holda bu chorrahalarning loyihaviy sath belgilarini yer ishlarining minimal hajmlaridan kelib chiqqan holda belgilash taqoza etiladi, ya’ni ikkala qizil nuqta ham qora nuqtalardan farq qiladi.

Keyingi chorrahalarning loyihaviy (qizil) sath belgilari ham shunga o’xshash tarzda aniqlanadi, bunda faqat navbatdagi chorrahaning sath belgisi undan oldingi chorahaning loyihaviy (qizil) belgisi va undan keyingi chorrahaning haqiqiy sath belgilari orasidagi farqqa qarab belgilanadi.

Bo’ylama nishab yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan minimal nishabdan kichik bo’lgan hollarda loyihaviy sath belgisi sifatida oxirgi belgi qabul qilinadi, agar bo’ylama nishab yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal nishabdan katta bo’lsa (oshib ketsa), u holda ko’chalarning mazkur kategoriyasi uchun maksimal bo’lgan sath belgisi qabul qilinadi. Vertikal rejalashtirish sxemasining fragmenti 1-rasmda ko’rsatilgan.

1-rasm. Shahar hududini vertikal rejalashtirish sxemalari fragmenti

  1. mavjud (qora) belgi; 2- loyihaviy (qizil) belgi; 3- loyihaviy bo’ylama profil; 4- masofa, m; 5- ishchi belgi.

V. LOYIHAVIY (QIZIL) GORIZONTALLAR USULI

Mikrorayonga tegishli bo’lgan ko’chalarini vertikal rejalashtirish sxemalari ishlab chiqilgandan keyin mavjud bo’lgan relefni o’zgartirish zarur bo’lgan ishga kirishiladi. Vertikal rejalashtirish loyihaviy (qizil) gorizontallar usuli yordamida bajariladi.

Qizil gorizontallar mavjud bo’lgan relef gorizontallaridan farqli ularoq hududning loyihalanayotgan relfini ko’rsatadi, ya’ni rejalashtirish, qurish va obodonlashtirish maqsadlarida tekis qilingan uchastka yuzasini anglatadi. Loyihaviy gorizontallar usuli bilan shahar, ko’chalar, maydonlar, mikrorayonlar alohida elementlarining vertikal rejalari ishlab chiqiladi, shuningdek, turli vazifalarni bajaruvchi binolar va maydonlarning ko’chalarga nisbatan joylashishi aniqlanadi.

Qizil gorizontallar h = 0,10, 0,20, 0,25 m kesimlarda loyihalanadi, bu kesimlar gorizontallarning qadami deb ataladi. Vertikal rejalashtirishni loyihaviy gorizontallarda loyihalash, ko’chalarni qayta ko’rib chiqish ya’ni ularni o’rganishdan boshlanadi.

2-jadval

Ko’chalarning avtomobillar qatnov qismi va maydonlarning ko’ndalang nishablari

Hududning elementlari

Kundalang nishabliklar (promil, )

1.

Ko’chalarning avtomobillar qatnov qismi

0,02- 0,030 (23- 30)

2.

Trotuarlar

0,01- 0,02 (10- 20)

3.

Ko’kalamzor maydonlar

0,05- 0,08 (5- 80)

4.

Sport maydonchalari

0,05 (5)

5.

Bog’lardagi yo’lakchalar

0,02- 0,03 (20- 30)

6.

Bolalar maydonchalari

0,01- 0,02 (10- 20)

7.

Avtomobillar turish joylari

0,05- 0,015 (5- 15)

8.

Xo’jalik maydonchalari

0,01- 0,02 (10- 20)

Ko’cha bo’yicha qizil gorizontallarni chizish mazkur ko’chaning chorrahalaridagi sathiy belgilariga bog’liq bo’ladi va ko’chalarning bo’ylama nishablari vertikal rejalashtirish sxemasi bo’yicha qabul qilinadi, ko’chalarning qatnov qismi va maydonlarning ko’ndalang nishabi esa ularning bajaradigan vazifalariga muvofiq qabul qilinadi (2 jadvalda bu nishablarning qiymatlari keltirilgan).

2 - rasm. Loyihaviy gorizontallar (qizil chiziqlar) usuli bilan vertikal rejalashtirishni loyihalash

Mavjud bo’lgan nishabni aniqlaymiz:

ibo’yl=;

ibo’yl=

Ko’ndalang nishab yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan minimal nishabdan kichik va shuning uchun biz loyihaviy (qizil) sath belgilarini quyidagicha qabul qilamiz: 416,0 va 414.45. Bunday qabul qilish orqali biz yo’l qo’yilishi mumkin bo’ylama nishabni topamiz:

ibo’yl =

Ko’cha o’qining chetki ariq ustidan balandligini ko’ndalang nishab bo’yicha quyidagi formula yordamida aniqlaymiz:

h1= /2∙ipop=21.5/2∙0,020=0,21 (2)

bu yerda, V – ko’chaning avtomobillar qatnov qismining eni;

ikunqabul qilingan ko’ndalang nishablik.

Ko’cha cheti to’siq toshining balandligi h2= 0,15m, bu tosh ustidan qizil chiziq nishabining tepaga o’sishi quyidagiga teng:

h3=A∙ ikun + Б∙ ikun =3∙0,015+5,5∙0,010=0,1 m. (3)

bu erda, A – trotuarning eni;

Бyashil o’simlikli polosaning eni.

Loyihaviy (qizil) gorizontallar orasidagi masofani aniqlaymiz:

L==m. (4)

Kesmani aniqlaymiz

L1=m. (5)

Loyihaviy gorizontallarni analitik usulda qurishga doir misolni ko’rib chiqamiz (2 rasm).

Masalan, ko’chaning avtomobillar qatnov qismi o’qi bo’yicha sath belgilari 416,0 va 414,45 qiymatlarda (oldingi misoldagiga o’xshash tarzda) berilgan bo’lsin.

Ular orasidagi masofa = 500 m, ko’chaning avtomobillar qatnov qismining ko’ndalang nishabi ikun=0,020, chetki to’siq toshining balandligi h=0,15 m, ko’chaning ko’ndalang uzunligi В=21 m, yashil o’simlikli polosa eni Б=3 m, trotuarning eni A=3m. Loyihaviy gorizontallar balandlik bo’yicha 20 sm oraliqda o’tkaziladi.

U holda:

a) ko’chaning bo’ylama nishabi quyidagicha anqlanadi:

ibo’yl =

b) loyihaviy gorizontallar (qizil chiziqlar) orasidagi masofani aniqlaymiz:

L =

Bu masofa bo’ylama nishabi o’zgarmas bo’lgan uchastkalarda ko’chaning o’qi bo’yicha ham ushbu ko’cha chetidagi ariq bo’yicha ham bir xil bo’ladi ya’ni loyihaviy gorizontallarning hamma chiziqlari biri-biriga parallel bo’ladi.

Vertikal rejalarni qizil gorizontallar usuli bilan loyihalashda ularnin sath belgilari gorizontallarning qabul qilingan qadamiga karrali bo’lishi kerak.

Gorizontallarning qadami 0,20 m bo’lganda loyihaviy gorizontallar, masalan, 150,80,151,0 va shunga o’xshash sath belgilariga ega bo’lishi lozim.

Olingan kattalik (qiymat)ni L′= kesma nuqtasidan ko’cha bo’ylama nishabining pasayish tomoniga qo’yiladi. Natijada gorizontallar rasmi aniqlanadi. Uni /L/ qadamda 416,0 va 414,45 nuqtalar bilan chegaralangan uchastka chegarasida ko’p marta takrorlash taqoza etiladi.

V) Ko’cha loyihaviy o’qining relef pasayish tomoniga nisbatan egilish kattaligini aniqlaymiz:

=

bu yerda ƒ1 – ariq sath belgisi ustidan ko’cha cheti qirrasining chiqib turish balandligi В/2 ikun

g) Chetki to’siq toshi ustki chizig’i bo’yicha o’tgan bir xil loyihaviy gorizontallarning siljishini aniqlaymiz:

d=

d) Chetki to’siq toshi ustki chizig’i bo’yicha o’tgan bir xil loyihaviy gorizontallarning siljishini aniqlaymiz (bitta kesimda):

=

e) qizil chiziqlar bo’yicha bir xil loyihaviy gorizontallarning siljishini aniqlaymiz:

С=

Vertikal rejalashtirishni loyihalashtirishda sath belgisini bog’lash (otmostka sathiga) muhim masalalardan biri deb hisoblanadi, bu masala ko’chalar va o’tish joylarining vertikal rejasi echimlaridan kelib chiqqan holda yechiladi.

Hisoblash o’qlar, ko’cha chetidagi ariqlarning qizil sath belgilari yoki qizil chiziqdan boshlab olib boriladi (qizil chiziq trotuarning tashqi tomonidan o’tadi va ko’chani mikrorayon hududidan ajratib turadi). Binolar qizil chiziqdan kamida 5 m masofada ya’ni uzoqlikda joylashtiriladi. Binodan ko’chagacha bo’lgan hudud uchastkalariga ko’cha tomonga qarata ko’ndalang nishablik

Bino burchaklarining qizil sath belgisi bort toshining balandligiga bog’liq bo’ladi va ko’cha chetidagi ariqning sath belgilaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi va bu sath belgisiga yaqinlashgan sayin bort toshidan binogacha bo’lgan oraliq (masofa)ning ko’ndalang nishabi ko’tarilib boradi. Shunday qilib, bino burchagining qizil sath belgisi /hq/ quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:

Hq=H+db∙k +S ∙ ikun (11)

bu yerda N - ko’cha cheti arig’i (lotogi)ning qizil sath belgisi, m;

db∙tbort toshining balandligi, m;

S ∙ί kun – qizil chiziq va bino orasidagi hududni qizil chiziqdan boshlab binogacha bo’lgan oraliqning ko’ndalang nishabini oshirish orqali ko’tarish.

Binoning balandlik bo’yicha sath belgisini bog’lashni konkret misolda ko’rib chiqamiz (3- va 4- rasmlar).

3-rasm. Binoning baland sathiy belgisini aniqlash.

3-rasmda qatnov qismi 5.5 m bo`lgan mahalliy ko`cha tasvirlangan. Ko`cha qatnov qismi o`qiga nisbatan bino otmostkasining bino bilan taqalgan joyi sathini aniqlaymiz. Aytaylik, ko`cha qatnov qismi o`qining balandlik sathi Hkqqs=404.0. 11-formulaga asosan

Hқ= H+dб∙т +С ∙ iкун = 403,94+0,15+0,15 = 404,24м.

бу ерда: Н= Нкққўб -(В*iкун) = 404,0-(3*0,02)=403,94

dб∙т = 0,15 м.

С ∙ iкун= 1,5*0,015+5*0,025 = 0,15м

Shunday qilib, bino otmostkasining sathi 404.24 ni tashkil qiladi.

4-rasm. Bino burchaklarining baland sath belgilarini aniqlash.

Binolarni qizil chiziqqa bog’lashda ushbu binolar burchaklarining sath belgilari qizil chiziq loyihaviy sath belgisi va berilgan burchak kesimining balandligi hamda qizil chiziqdan binogacha bo’lgan hududning bino tomonga qarab ko’tarilib borish balandligi yig’indisi bo’yicha aniqlanadi.

Interpolyatsiya usulida bino tarhi bo`yicha to`rtta burchakning qora belgisini topamiz.

Bino burchaklarining qizil sath belgilarini aniqlashda bu belgilarning farqini yoki oshishi yoxud pasayishini hisobga olish va tekshirish taqoza etiladi, bu farq fasadlar bo’yicha ham binoning ko’ndalang tomoni bo’yicha 1,2 m dan oshmasligi lozim. Bino fasadi bo’yicha ham va uning ko’ndalang tomoni bo’yicha ham quyidagi qiymatlar: minimal qiymat – 0,004, maksimal qiymat – 0,02 da qabul qilinadi.

Bino polining sof sathiy belgisi bino burchaklaridagi maksimal stahiy belgidan kamida 0,5 m baland bo’lishi lozim. Uholda polning sof sathiy belgisi quyidagini tashkil etadi:

404,24+0,5=404,74

Mikrorayon hududiga turli vazifalarni bajaruvchi binolar joylashtiriladi: sport, xo’jalik va h.z. Maydonlar binolarning bajaradigan vazifalariga bog’liq ravishda o’zlarining butun yuzasi bo’yicha bitta nishabda yoki tom yopmasi va konvert ko’rinishida loyihalanishi mumkin.

Masalan, tennis korti 30x40 m o’lchamga ega bo’ladi. Bu maydon 5-rasmda ko’rsatilgan. Nishablar mazkur maydon o’qidan boshlab uning chetki tomonlariga qarata 0,05 da loyihalanadi. Maydon markazining qizil chizig’i mavjud relef sathidan 5-10 sm ga baland qilib qabul qilinadi, ba’zi hollarda esa bu qizil chiziq kort atrofidagi mavjud relefning eng baland sath belgisiga to’g’irlab loyihalanadi.

5 - rasm. Tennis kortini qurishga doir misol

Masalan, futbol uchun mo’ljallangan maydon 90x45 m yoki 60x40 m o’lchamlarda qurilishi 6-rasmda ko’rsatilgan.

6- rasm. Futbol maydonini qurishga doir misol

Adabiyotlar:

  1. Isamuxamedova D.U., Ismailov A.T., Xotamov A.T. Injenerlik obodonlashtirish va transport. Toshkent, 2009.

  2. Leontovich V.V. Vertikalnaya planirovka gorodskix territoriy- M.Vыsshaya shkola,1985 g.

  3. ShNK 2.07.01- 03*. Gradostroitelstvo. «Planirovanie razvitiya i zastroyki territoriy gorodskix i selskix naselennыx punktov», Toshkent- 2009.

  4. Krivtsov I.A. Vertikalnaya planirovka v gradostroitelnom proektirovanii. M., 1982 g.

  5. Spravochnik po proektirovaniyu injenernoy podgotovki zastraivaemыx territoriy. (Pod red. V.S.Viщuka), Kiev 1983g.

Илова

Зверніть увагу, свідоцтва знаходяться в Вашому особистому кабінеті в розділі «Досягнення»

Всеосвіта є суб’єктом підвищення кваліфікації.

Всі сертифікати за наші курси та вебінари можуть бути зараховані у підвищення кваліфікації.

Співпраця із закладами освіти.

Дізнатись більше про сертифікати.

Приклад завдання з олімпіади Українська мова. Спробуйте!
До ЗНО з ГЕОГРАФІЇ залишилося:
0
2
міс.
0
1
дн.
1
6
год.
Готуйся до ЗНО разом із «Всеосвітою»!