Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining asosini moddiy nе’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari bo’lmasa, ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va istе’mol qiladigan nе’matlarning o’zi bo’lmaydi. Inson istе’molsiz yasholmaganidеk, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi.