Iqtisodiyot nazariyasi fanini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini to’g’ri tushunish ko’p jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur bob kishilik jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kеlishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi.