Elektr energiyasi sanoati elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste`molchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat. Ushbu tarmoq mamlakat yoki iqtisodiy rayon miqyosida sanoatni joylashtirishga muhim ta`sir ko`rsatadi. Bu ta`sir ikki yo`nalishda sodir bo`ladi. Birinchi yo`nalish elektr energiyani katta masofaga uzatishdan iborat. Bu esa mamlakatning barcha xududlarida sanoatni rivojlantirishga imkon beradi.